Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga ikki kunlik rasmiy tashrifi yakunlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, tashrif davomida davlat rahbari Vengriya prezidenti Katalin Novak bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu mamlakatning ishbilarmon doiralari vakillari bilan O‘zbekistonda aniq investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalari ko‘rib chiqildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bosh vazir Viktor Orban bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi, ularning yakunida salmoqli hujjatlar to‘plami imzolandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tashrif dasturidagi tadbirlar yakunlangach, Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

Birinchi bort Toshkentga uchib ketdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Bir necha daqiqa ichida djinsi kiyimlardan yog‘ dog‘larini tozalashga yordam beradigan usullar
Mahalliy
Surxondaryoda “Jiguli” qo‘ylar podasini urib yubordi
Mahalliy
“Biz uchun JSTga qo‘shilish mutlaq ustuvor vazifa” –  tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Badriddin Obidov