Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Eronda davom etayotgan norozilik namoyishlari fonida AQSH shu hafta ushbu mamlakatga qarshi yangi sanksiyalar kiritadi. Bu haqda prezident Jo Baydenning Oq uy saytida e’lon qilingan bayonotida aytiladi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“Shu hafta AQSH tinch namoyishchilarga nisbatan zo‘ravonlikda aybdor bo‘lgan shaxslarga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar kiritadi. Biz Eron mansabdorlarini javobgarlikka tortishda va eronliklarning erkin namoyishlar huquqini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz”, — dedi Bayden.

Shuningdek, uning ta’kidlashicha, Vashington Eron aholisi uchun internetdan foydalanish imkoniyatini yengillashtiradi, “xususan, xavfsiz tashqi platforma va xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish orqali”.

Eronda internet o‘chirib qo‘yildi

Tinch norozilik namoyishlarini bostirish uchun Eron hukumati ko‘pchilik fuqarolar uchun internetni o‘chirib qo‘ydi, shunda AQSH “Eron hukumati tomonidan senzuraga qarshi kurash uchun” eronliklarga internetdan foydalanish imkoniyatini taqdim etishga qaror qildi. 23-sentabr kuni AQSH Moliya vazirligi internet bilan ta’minlash imkonini beruvchi umumiy litsenziyani e’lon qildi. Shundan keyin SpaceX va Tesla rahbari Ilon Mask Eronda Starlink Internet-tarmog‘ini ishga tushirishini ma’lum qildi.

Eronda hijob bilan bog‘liq namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

Eronda ommaviy noroziliklar sentabr o‘rtalaridan buyon davom etmoqda, ularga eronlik qiz Mahsa Aminiyning o‘limi sabab bo‘ldi. 22 yoshli qiz 13-sentabr kuni hijobni noto‘g‘ri o‘ragani uchun axloq politsiyasi tomonidan hibsga olingan. Shundan keyin u komaga tushib qolgan va bir necha kun o‘tgach, vafot etgan. Hukumat talqiniga ko‘ra, qiz politsiya uchastkasiga olib kelingan va u yerda yurak xurujini boshidan o‘tkazgan. Aminiyning qarindoshlari da’vo qilishicha, uning salomatligi bilan bog‘liq muammolari bo‘lmagan, ular tekshiruv o‘tkazilishini talab qilmoqda.

Axloq politsiyasi

Eron Islom Respublikasi Huquq-tartibot kuchlari Ibrat patruli (“axloq politsiyasi”) — Eron Ichki ishlar vazirligi nazorati ostidagi huquq-tartibot organi. 2005-yilda alohida tuzilma sifatida ajralib chiqqan. Ibrat patruli vazifalariga Eron fuqarolari va chet elliklarning jamoat joylarida shariat bo‘yicha munosib kiyinib yurishini ta’minlash kiradi.

Ayollarning boshini yopmay yurishi, ro‘mol yoki hijobni noto‘g‘ri taqishi, avratni yopmaydigan kiyim kiyishi, ba’zi hollarda esa “begona erkak bilan yaqindan muloqot qilishi” ularni hibsga olish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.

Avvalroq Eron Madaniyat va islom vazirligi ayollarning reklamalarda suratga tushishini taqiqlagandi, bu Eronning Domino kompaniyasi bir ayol boshiga ro‘mol sharf tashlab, avtomobilni boshqarib ketayotgani, so‘ng esa shokoladli qiyom bilan qoplangan muzqaymoqni yegani aks etgan rolikni chiqarganidan keyin yuz bergandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha sudlangan Polat Shamshetov tergov hibsxonasida vafot etdi
Dunyo
Turkiyada 7,4 magnitudali zilzila yuz berdi
Dunyo
Moskva metrosidagi eng yirik terakt, Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilgan Gitler va 25 yoshida Britaniya taxtiga o‘tirgan Yelizaveta. Kun xronologiyasida 6-fevra...