Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezident “Tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, hujjatga ko‘ra, 2022-yil 1-noyabrdan boshlab eksport qiluvchi tashkilotlarga foyda solig‘i va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq solinadigan bazani kamaytirish ko‘rinishidagi imtiyozlar tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumdagi eksport hajmining ulushidan qat’i nazar qo‘llaniladi.

Eksportchi korxonalarni ochiq tanlov orqali saralab, ularni yetakchi eksportyorlarga aylantirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturi amalga oshiriladi. Eksportchi korxonalarni saralab olish quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:

  • eksportchi korxonalar yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan hamda kamida so‘nggi ikki yil davomida faoliyat yuritayotgan bo‘lishi;
  • oxirgi 12 oy mobaynida eksport qilingan tayyor mahsulot summasi 1 million dollardan ortiq bo‘lishi;
  • umumiy tushum hajmida eksportdan tushum ulushi 30 foizdan yuqori bo‘lishi;
  • eksportga chiqarilayotgan tayyor mahsulotlar turi 2 tadan ortiq bo‘lishi;
  • oxirgi 12 oy mobaynida eksport geografiyasi, qo‘shni davlatlarni inobatga olmagan holda, 2 ta mamlakatdan ortiq bo‘lishi;
  • oxirgi 12 oy mobaynida amalga oshirilgan eksport hajmida muddati o‘tgan debitor qarzdorlikning ulushi 5 foizdan kam bo‘lishi.
Eksport va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshirganda nol darajali QQS stavkasi qo‘llanilishi natijasida hosil bo‘lgan soliqning oshib ketgan qismi ularning murojaatiga asosan tezlashtirilgan tartibda 7 kun ichida to‘liq qaytarib beriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
“PSJ” peshqadam, “Barselona” 2-o‘rinda. JCH—2022 da qaysi klub vakillari eng ko‘p gol urmoqda?
Dunyo
“Ha, biz buni qilyapmiz, lekin Qrim ko‘prigiga kim zarba berdi?” Putin — Ukraina energetika obyektlariga zarbalar haqida
Mahalliy
“O‘zgidromet” anomal sovuq ob-havo qachongacha saqlanib qolishini ma’lum qildi