Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentda Haj va Umra xizmati sifatini oshirish, ziyorat narxini arzonlashtirish masalasi muhokama etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

27-sentabr kuni Saudiya Arabistoni podshohligi haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurgandi. 28-sentabr kuni Toshkent shahridagi “Simpoziumlar saroyi”da Saudiya Arabistoni podshohligi Haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov ishtirokida o‘zaro muloqot bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilishicha, muloqotda haj va umra qiluvchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, ibodatchilar uchun Mino, Arafot va Muzdalifa vodiylarida yanada qulay sharoit hozirlashga doir taklif, mulohazalar bildirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddon Xoliqnazarov Haj va Umra qiluvchi kishilar Alloh taoloning mehmoni ekani, ularga ko‘mak bergan, og‘irini yengil qilgan inson ulug‘ savobga noil bo‘lishini eslatdi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlarida hamkorlik qilish, din ulamolari ishtirokida anjumanlar o‘tkazish, Samarqand, Buxoro, Termiz kabi qadimiy shaharlarimizga Saudiya Arabistoni fuqarolari ziyoratini tashkil etish bo‘yicha bir qator amaliy takliflar, fikr-mulohazalar taqdim etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putinning “safarbar etilganlarning onalari” bilan uchrashuvini qanday tashkillashtirgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonning bir qator hududlarida 4-dekabr kuni qor yog‘adi
Sport
Jerdan Shakiri Messi va Ronalduga yetib oldi