Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Burak O‘zchivit — Turkiyaning dunyoga mashhur aktyorlaridan biri. Biroq aktyorning modellarga xos bo‘lgan ko‘rinishi ham, kino olamidagi muvaffaqiyatli karyerasi ham unga janjallardan qochishga yordam bermadi. Aktyor sabab yuzaga kelgan janjallarning biri uning obro‘siga ta’sir ko‘rsatdi. Ish sudgacha borgan.

Foto: “Yandeks.ru”

Foto: “Yandeks.ru”

“Muhtasham yuz yil” serialida rol ijro etgan aktyor juda ko‘p marotaba takabburlikda, “yulduzlik kasali”ga chalinishda ayblangan. Aktyor muxlislari bilan yomon munosabatda bo‘lgan, suratga tushishdan va dastxat berishdan bosh tortgan. Oxir-oqibat takabburlik Burak O‘zchivitning obro‘siga zarar yetkazdi.

O‘tgan yilning noyabr oyida “Qurilish: Usmon” serialining suratga olish jarayonlarida ishtirok etgan bir necha xodimlar aktyorning ustidan sudga murojaat qilgan. Jabrlanganlarning so‘zlariga ko‘ra, aktyor o‘zini yomon tutgan, boshqalarni odobsizlarcha haqorat qilgan va ularga zo‘ravonlik bilan tahdid qilgan.

Aktyor to‘rt yilga qamalishi mumkin edi, biroq sud prokurorning talabini rad etdi va O‘zchivit kichik jarima bilan qutilishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi turk nashrlari. Jarayon davomida muxlislar o‘zlarining kumiriga bo‘lgan qiziqishlarini sezilarli darajada yo‘qotdi, endi aktyor o‘z obro‘sini tiklashiga uzoq vaqt kerak bo‘ladi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi