Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Bosh konsulligi xodimlarining Makka shahridagi “Ummul Quro” universiteti professori, doktor Nadiya Ibrohim Buxoriy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Foto: “Dunyo” axborot agentligi

Foto: “Dunyo” axborot agentligi

Qayd etilishicha, suhbat chog‘ida O‘zbekistonda ta’lim va ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, so‘nggi 6 yil mobaynida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiya markazi, Imom Buxoriy tadqiqotlar markazi, Hadis ilmi maktabi kabi ilmiy muassasalar tashkil etilgani to‘g‘risida ma’lumotlar Saudiya Arabistoni vakiliga taqdim etilgan.

Uchrashuvda Nadiya Buxoriy ko‘p yillar davomida to‘plagan ilm-fanning turli sohalariga oid 350 dan ortiq kitoblarni O‘zbekistonning ilmiy muassasalariga yetkazishni so‘rab Bosh konsulxonaga taqdim etgan.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzurida tashkil etilgan Arab tili markaziga hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqanddagi Imom Buxoriy ilmiy tadqiqotlar markazi va Hadis ilmi maktabiga taqdim etiladigan ushbu noyob adabiyotlar yaqin kunlarda O‘zbekistonga yetkaziladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi