Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentda firibgarlik uchun 10 marta sudlangan shaxs yana shu jinoyati uchun jazolandi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida xabar qilindi.

Unda aytilishicha, asl kasbi o‘qituvchilik bo‘lgan ushbu fuqaro jinoiy sherigi bilan oldindan til biriktirib, Qozog‘istonning Chimkent shahridagi Muxtor Avezov nomidagi hamda Olmaota shahridagi Milliy texnologiya universitetida o‘qiyotgan talabalar o‘qishini O‘zbekistondagi OTMlarga ko‘chirib berish evaziga aldov yo‘li bilan pul olgan va pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Sudda fuqarolar aybiga iqror bo‘lib, pushaymonligini, yetkazilgan zararni qoplab berganini bildirgan.

Sud hukmi bilan ayblanuvchiga Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan 5 yil-u 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi, uning sherigiga esa ish haqining 20 foizi miqdorida davlat foydasiga ushlab qolgan holda 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi