BMT sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga samarali javob berish uchun rivojlanishi kerak. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov BMT Bosh assambleyasining 77-sessiyasidagi nutqida aytib o‘tdi.
Vazirning ta’kidlashicha, zamonaviy dunyoda global darajadagi chuqur ishonch inqirozi, barqarorlik va xavfsizlikka tahdidlarning kuchayishi, geosiyosiy qarama-qarshiliklarning keskinlashuvi va blok tafakkurining qayta tiklanishi xavfi kuzatilmoqda.
Qurolli to'qnashuvlar dunyoning turli burchaklarida kengayishi va kuchayishi oqibatida hali pandemiya oqibatlaridan tiklanishga ulgurmagan xalqaro savdo-iqtisodiy aloqalarni beqarorlashmoqda. Oziq-ovqat va energiya xavfsizligini ta'minlash muammolari yanada og‘ir tus olmoqda.
Global iqlim o‘zgarishi, tabiiy va suv resurslarining yetishmasligi, yuqumli kasalliklar tarqalishi mojarolarning kuchayishi, gumanitar inqirozlarning yuzaga kelishiga sabab bo’lib, insoniyat hayotiga tahdid solmoqda.
Bugungi sharoitdan kelib chiqqan holda BMTning global va mintaqaviy muammolarni hal qilishdagi markaziy rolini kuchaytirish muhim. Shu bilan birga, tashkilotning o'zi ham sodir bo'layotgan o‘zgarishlarga samarali javob berish uchun rivojlanishi kerak.
“Hech bir mamlakat global xavf va qiyinchiliklardan qochib qutula olmaydi yoki ularni yolg‘iz o‘zi hal qila olmaydi. Inqirozlarning xavfli spiralidan chiqish barcha mamlakatlar manfaatlarini hisobga olish va hurmat qilishga asoslangan konstruktiv muloqot va ko‘p tomonlama hamkorlikda ko‘rinadi. Dunyo yanada barqaror, bashorat qilinadigan va gullab-yashnashi uchun samarali xalqaro hamkorlik zarur”, — deb qayd etgan Vladimir Norov.
Mavzuga doir:
Izoh (0)