Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Telegram kanallarda Samarqand shahrida barpo etilgan Samarqand turizm markazidagi hojatxonalar yomon ahvolda ekani tasvirlangan, sammitdan so‘ng markazdagi tozalikka e’tibor qaratilmayotgani aytilgan videolar tarqaldi. “Daryo” muxbiri jamoatchilik e’tiborini qaratgan masalani o‘rganish uchun ushbu manzilda bo‘ldi.

2022-yilning 15—16-sentabr kunlari Samarqand shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tdi. Samarqand turizm markazining PR va marketing bo‘limi direktori Dinora Ahmedovaning ma’lum qilishicha, sammitdan so‘ng tadbirda ishtirok etgan xodimlarga bir kunga dam berilgan. Ishchi xodimlar 18-sentabr kuni dam olgan. Aynan o‘sha kuni aholiga Samarqand turizm markazining “Boqiy shahar” qismiga kirishga ruxsat berilgan.

Uch oydan buyon Samarqand turizm markazida ishlab kelayotgan Ziyoda Saidqulova ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar ig‘vogarlik ekanligini bildirmoqda. U aholidan inson mehnatini qadrlashlarini so‘rab, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan holatni qoralamoqda.

Men uch oydan buyon shu yerda tozalash ishlari bilan shug‘ullanaman. Bu yer faqat sammit uchun qilinmagan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar noto‘g‘ri. Bu yerdagi tozalik bizning mehnatlarimiz samarasi hisoblanadi. 18-sentabr kuni bizga bir kunga dam berilgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ig‘vogarlik videosi ham aynan o‘sha kuni aholi kirganda tasvirga olingan. Men odamlardan bunday qilmasliklarini iltimos qilgan bo‘lardim, — deydi Ziyoda Saidqulova.
Ziyoda Saidqulova hojatxonada hamma ham ishlayvermasligini aytmoqda
Odamlar ko‘payib ketgan paytda tozalashga ulgurmay qolishimiz ham mumkin. Videoga olgan odam shu vaqtdan foydalangan ko‘rinadi. Lekin bu yerda hech qachon iflosgarchilikka yo‘l qo‘yilmaydi. Doimo tozalikka mas’ul odamlar bor. Bizning ishimizni ham tekshirib turuvchilar bor. Hamma narsa yetarli qilib yetkazib beriladi. Qolaversa, hojatxonalarda hamma ham ishlayvermaydi. Shuning uchun tozalikka rioya qilishlaringizni so‘rayman, — deydi Ziyoda Saidqulova.
Samarqand turizm markazining PR va marketing bo‘limi direktori Dinora Ahmedovaning qo‘shimcha qilishicha, sayyohlik markazining jamoat joylarini tozalashga 100 ga yaqin kishi jalb etilgan. Ular ikki smenada: soat 5:00 dan 14:00 gacha, 14:00 dan 23:00 gacha bo‘lgan vaqtlar oralig‘ida ishlaydi.
Yaqin kunlarda tungi tozalash smenasi ham qo‘shiladi. Hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chat ekish va sug‘orish, o‘simliklarni parvarish qilish ishlariga 520 nafarga yaqin kishi jalb etilgan, — deydi u.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi