Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2022-yilning yanvar—avgust oylari davomida xorijiy mamlakatlarga umumiy qiymati 654,5 million dollarga teng bo‘lgan 1,1 million tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bu esa 2021-yilning shu davridagiga nisbatan 19,3 foiz ko‘p demakdir.

Meva-sabzavotlar eksportida qiymat jihatidan eng katta ulushni uzum (quritilgan uzumni qo‘shgan holda) — 16 foiz, shaftoli — 10,1 foiz, mung loviya (mosh) — 6,9 foiz, pomidor — 6,6 foiz, gilos — 5,1 foiz, qovun va tarvuz — 5,1 foiz, karam — 5 foiz, piyoz — 4,1 foiz egallaydi.

2022-yilning yanvar—avgust oylarida eksportning umumiy hajmida meva-sabzavotlar ulushi 5,2 foizni tashkil etgan.

Meva-sabzavotlarning asosiy qismi Rossiya (42,4 foiz), Qozog‘iston (21,6 foiz), Xitoy (7,5 foiz), Pokiston (6 foiz), Qirg‘iziston (4,6 foiz), Afg‘oniston (2,8 foiz), Turkiya (2,3 foiz) kabi mamlakatlarga eksport qilingan.

Avvalroq avgustda O‘zbekistonning tovar eksporti qanday o‘zgargani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi