Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Samarqand shahrida 15 yoshli bola chuqurligi taxminan 12 metr bo‘lgan yerosti quvuriga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Kadr: Telegram

Kadr: Telegram

Qayd etilishicha, 23-sentabr kuni soat 17:00 da Samarqand viloyati FVBga Abubakr Roziy ko‘chasida joylashgan 12 metrli yerosti quvuri (kanalizatsiya)ga 15 yoshli bola o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketgani va uni chiqarib olishda amaliy yordam so‘rab, murojaat kelib tushgan.

Qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus qutqaruv asbaob-anjomlari yordamida bolani quduqdan sog‘-salomat chiqarib olib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. Shundan so‘ng malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tez tibbiy yordam orqali davolash muassasasiga yuborilgan. Hozirda bola shifokorlar nazoratida.

Mavzuga doir: 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putin tug‘ilgan kunini qanday nishonlamoqchiligini ma’lum qildi
Sport
Superligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Mahalliy
Farg‘onada 64 yoshli qaynota kelinini o‘ldirib, marhumaning boshini uzib oldi