Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Rossiyaning “Yamal” aviakompaniyasi samolyoti Urganch aeroportiga ilk parvozini amalga oshirdi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Foto: Uzbekistan Airports matbuot xizmati

Foto: Uzbekistan Airports matbuot xizmati

Qayd etilishicha, 22-sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:10 da ushbu aviakompaniyaga tegishli Airbus A321 samolyoti Urganch xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Samolyot Moskva—Urganch—Moskva yo‘nalishi bo‘yicha 208 nafar yo‘lovchini olib keldi. An’anaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.

Moskvadan Urganchga muntazam qatnovlar haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Bundan avval “Yamal” aviakompaniyasi Namangan va Samarqandni Moskva bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar orqali bog‘lagan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Andijonda sodir etilgan mudhish qotillik yuzasidan mahalla mas’ullari va hudud noziriga nisbatan xizmat tekshiri tayinlangan” — Bosh prokuratura
Mahalliy
O‘zbekiston internetda mualliflik huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro bitimni tasdiqladi
Mahalliy
Ozarbayjon aviakompaniyasi Bokudan Samarqandga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi