Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Jamila G‘ofurova sahifasiga hayvonot bog‘ida farzandlari bilan tushgan suratini joyladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Munisa Rizayeva yangi qo‘shig‘iga klip suratga oldirayotganini va tez kunlarda uni taqdim etishini ma’lum qildi.

Aktrisa Shahlo Temirova obunachilariga har kundan foydalanish kerakligi haqida gapirdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Nilufar Usmonova jamoasidagi bir necha sozandasining tug‘ilgan kunini bir kunda nishonlagani aks etgan videoni e’lon qildi.

Taniqli turk aktrisasi Maryam Uzerli otasi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi va uni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Asal Shodiyeva qaynonasi Zebo Navro‘zova bilan Toshkent xalqaro kinofestivalining yopilish marosimida birga ishtirok etdi.

Xonanda Gulsanam Mamazoitova farzandlarining suratini muxlislariga ko‘rsatdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Ulug‘bek Rahmatullayev muxlislari uning qo‘shig‘ini kuylagani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.

Sitora Farmonova yangi surati bilan muxlislariga ko‘rinish berdi va egizak singlisi bo‘lganida qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini aytdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Shuningdek Hosila Rahimova ham AQSHda o‘zbek san’atkorlari orasida birinchilardan bo‘lib iPhone 14 Pro Max xarid qilgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.

Ko‘plab xit taronalar ijrochisi Hamdam Sobirov rafiqasi Marjonaga binafsharang iPhone 14 Pro Max sovg‘a qildi. Ma’lumot uchun, 1 terabayt xotiraga ega 14 Pro Max’ning Toshkentdagi narxi 3600 dollarni tashkil etadi.

Lola sahifasiga yangi suratini joyladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Parizodaning turmush o‘rtog‘i to‘ylarining 12 yilligi hamda raqqosaning tug‘ilgan kuni munosabati bilan uni romantik tarzda tabrikladi. Parizoda turmush o‘rtog‘i bilan havo sharida uchgan.

Shuningdek raqqosa qizlari unga qanday sovg‘a tayyorlagani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi.

Parizodaning ansambli yigit-qizlari raqqosaga raqs va gullar bilan tug‘ilgan kun sovg‘asini tayyorladi.

Aktyor, rejissor Azamat Ahrorov Mercedes-Benz Brabus yo‘ltanlamasini sotib olganini ma’lum qildi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Xonanda Sevinch Mo‘minova Makkayu madinada tushgan yangi videosini muxlislariga ko‘rsatdi.

Turk aktrisasi Tuba Buyukustun o‘zi ishtirokidagi navbatdagi loyihaning suratga olish jarayonida tushgan suratini e’lon qildi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Foto: Zarbalardan keyin chiroqsiz qolgan Ukrainaning koinotdan ko‘rinishi
Mahalliy
Andijonda Isuzu va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 41 kishi jarohatlandi, 3 nafari voqea joyida halok bo‘lgan
Dunyo
Sena daryosi bo‘ylab sayr: turli-tuman qiyofalar va mashhur tarixiy obidalar — suratlarda