Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 19-turidan o‘rin olgan bir qator o‘yinlar 16-sentabr, juma kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Qo‘qon-1912”

Foto: “Qo‘qon-1912”

“Nasaf” o‘z maydonida “Qo‘qon-1912”ni qabul qildi. Uchrashuvning 26-daqiqasida Dilshod Saitov hisobni ochdi. 72-daqiqada Shohnazar Norbekov muvozanatni tikladi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Husniddin Aliqulov “Nasaf”ga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.

Qarshiliklar ushbu g‘alaba tufayli 38 ochko bilan musobaqa peshqadamiga aylandi, “Qo‘qon-1912” esa 17 ochko bilan 12-pog‘onadan joy oldi.

“Navbahor” esa “Qizilqum” bilan bahs olib bordi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 60-daqiqasida Zoran Marushich yagona gol muallifiga aylandi.

“Navbahor” g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 37 taga yetkazib, 3-o‘rinni egalladi. “Qizilqum” esa 32 ochko bilan 5-o‘ringa joylashdi.

Superliga

19-tur bahsi

16-sentabr, juma

“Nasaf” — “Qo‘qon-1912” 2:1

Gollar: 1:0 — 26 Dilshod Saitov, 1:1 — 72 Shohnazar Norbekov, 2:1 — 90+4 Husniddin Aliqulov.

“Nasaf”: 35. Abduvohid Ne’matov, 4. Husniddin Aliqulov, 5. G‘olib G‘aybullayev (7. Sharof Muhitdinov, 82), 8. Dilshod Saitov, 10. Husayn Norchayev, 18. Bahrom Abdurahimov, 22. Akmal Mozgovoy, 34. Sherzod Nasrullayev (17.Suhrob Nurulloyev, 89), 77. Oybek Bozorov (19. Lima Kruz Mateus, 89), 88. Marko Stanoyevich (9. Ivan Solovyov, 82), 92. Umar Eshmurodov.“Qo‘qon-1912”: 1. Muzaffar Abdullayev, 4. Ilhomjon Vahobov, 6. Dilshod Rahmatullayev (70. Bilolxon Toshmirzayev, 54), 7. Jamshid Hasanov, 8. Sanat Shixov (23. Aleksandr Merzlyakov, 76), 10. Javohir Sidiqov, 11. Shohnazar Norbekov (9. Andrey Sidorov, 76), 13. Sardor Azimov, 15. Oybek Rustamov, 17. Quvondiq Ro‘ziyev, 77. Murod Xolmuhammedov.

“Navbahor” — “Qizilqum” 1:0

Gol: 1:0 — 60 Zoran Marushich.

“Navbahor”: 1. O‘tkir Yusupov, 6. Rustamjon Ashurmatov, 7. Azimjon Ahmedov, 8. Mirlan Murzayev (32. Zoran Marushich, 31) (30. Aleksandr Kasyan, 82), 10. Jamshid Iskanderov, 11. Jasur Yaxshiboyev (20. Doniyor Abdumannopov, 70), 14. Jamshid Boltaboyev, 22. Igor Golban, 23. Yovan Jokich, 28. Stanislav Andreyev, 77. Asadbek Sobirjonov.

“Qizilqum”: 1. Ignatiy Nesterov, 4. Boburbek Yo‘ldoshev, 7. Sanjar Shoahmedov, 10. Temurxo‘ja Abduxoliqov, 11. Aleksandar Stanislavlevich (18. Davron Anvarov, 88), 14. Fayzullo Qambarov, 17. Salim Mustafoyev (5. Dilshod Jo‘rayev, 80), 28. Shuhrat Muhammadiyev (21. Orifxo‘ja Abduxoliqov, 80), 33. Oleg Zoteyev, 43. Pol Komolafe, 88. Artyom Dmitriyev (25. Azizbek Usmonov, 63).

Ogohlantirishlar: Artyom Dmitriev (4), Yovan Jokich (16), Rustam Ashurmatov (72).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Parkentda bolalar maktabga jar yoqalab qatnayotgani aks etgan suratlar bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi
Dunyo
Yadroviy urushning oldini olgan SSSR zobitiga hayfsan berilishi, xotinidan qasos olish uchun samolyotni uning uyiga urgan uchuvchi, “Karavan”dagi qotillik. Kun xro...
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...