Daryo

Vladimir Putin Samarqand shahriga yetib keldi

Xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi

1 daqiqa o‘qish83 474 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15-sentabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga keldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

SHHT sammiti doirasida 15-sentabr kuni Rossiya prezidenti O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan, shuningdek, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Eron prezidenti Ibrohim Raisi, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif va Xitoy raisi Si Szinpin bilan uchrashadi. Shuningdek, Rossiya—Mo‘g‘uliston—Xitoy uch tomonlama sammitida ishtirok etadi.

16-sentabr kuni esa Putin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar