Daryo

Turkmaniston prezidenti Samarqand shahriga yetib keldi

Tashrif dasturida Serdar Berdimuhamedov Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezident Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirishi ko‘zda tutilgan

1 daqiqa o‘qish63 528 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhammedov 15-sentabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga keldi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

So‘ng Serdar Berdimuhamedov Hazrati Xizr majmuasiga kelib, Birinchi Prezident Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi va xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar