Daryo

Nikol Pashinyan Armanistondagi vaziyat tufayli Samarqanddagi SHHT sammitida qatnashmaydi

14-sentabrga o‘tar kechasi Armaniston–Ozarbayjon chegarasida vaziyat tarangligicha qolgan

1 daqiqa o‘qish28 064 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: RBK

Bosh vazir Nikol Pashinyan Armanistondagi vaziyat tufayli Samarqanddagi SHHT sammitida ishtirok etmaydi. Bu haqda SputnikArmenia’ga hukumat matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: RBK

Ma’lumot uchun, Ozarbayjon qurolli kuchlari Armaniston bilan chegarada jangovar harakatlarni qayta boshlagan. 14-sentabrga o‘tar kechasi Armaniston—Ozarbayjon chegarasida vaziyat tarangligicha qolgan. Xususan, Ozarbayjon harbiylari Jermuk kurort shahri yo‘nalishida hujumchi dronlarni ishlatgan.

Armaniston Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 14-sentabr kuni ertalab Ozarbayjon tomoni artilleriya, minomyot va yirik kalibrli qurollardan foydalangan holda qayta o‘t ochishni boshlagan, shuningdek, Jermuk va Sevan ko‘li yaqinidagi Verin Shorja qishlog‘i yo‘nalishi bo‘yicha hujum operatsiyalarini boshlagan.

O‘z navbatida, Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armanistonni Ozarbayjon qo‘shinlarining Kalbajar va Lochin viloyatlaridagi pozitsiyalarini o‘qqa tutganlikda aybladi.

Avvalroq O‘zbekiston TIV Ozarbayjon—Armaniston chegarasidagi vaziyatga munosabat bildirgandi.

“O‘zbekistonning ishonchi komilki, barcha masalalar va mavjud muammolarni hal qilishning yagona to‘g‘ri yo‘li bu xalqaro huquq asosida va ilgari erishilgan kelishuvlar doirasida tinchlik muzokaralari va maslahatlashuvlar yo‘lidir.

 Biz tinchlik shartlariga qat‘iy rioya qilinishi, har qanday sharoitda ham vazminlikning namoyon bo‘lishiga umid qilamiz hamda tomonlarni mavjud ahvolni barqarorlashtirish, vaziyatdan chiqish uchun siyosiy va diplomatik muzokaralar olib borishga da’vat etamiz”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar