Daryo

Xitoy raisi Si Szinpin Samarqandga keldi (foto)

Mehmonni Shavkat Mirziyoyev xalqaro aeroportda kutib oldi

1 daqiqa o‘qish53 670 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Xitoy raisi Si Szinpin 14-sentabr kuni davlat tashrifi bilan mamlakatga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, Samarqand xalqaro aeroportida Xitoy yetakchisini davlat rahbari kutib oldi. Milliy kuy-qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Tashrifning asosiy tadbirlari 15-sentabr kuniga mo‘ljallangan. Shu kuni oliy darajadagi O‘zbekiston–Xitoy muzokaralari bo‘lib o‘tadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Xitoy raisi 16-sentabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar