Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida avtomashina olib qochgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Bag‘dod tumanida 6-sentabr kuni S.J. Mustaqillik ko‘chasida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan M.M.ga tegishli Sinotruk Hoka yuk avtomashinasini olib qochib, ushbu transport vositasini Do‘stlik ko‘chasiga ochiq holatda tashlab ketgan.

Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro protsessual tartibda ushlangan.

Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda sentabr oyida eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum qilindi
Sport
Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 7 ta gol urilgan o‘yinda Bahraynni tor-mor etdi
Dunyo
Alla Pugachyova qasrini 1 milliard rublga sotuvga qo‘ydi