O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat pasayib, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 9-sentabr, juma kuni respublikaning g‘arbiy hududlari bo‘yicha Volgabo‘yi hududlaridan salqin va biroz nam havo massalari kirib keladi. Shanba va yakshanba kunlari esa respublikaning barcha hududlariga tarqaladi.
11-sentabrda bulutli ob-havo bo‘ladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida biroz yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor. 11—12-sentabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda va respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi.
Salqin va biroz nam havo massalari kirib kelishida 10—11-sentabr kunlari shamol 15-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Shanba kuni Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida shamolning kuchayishi ba’zi joylarda 20-23 metr/sekundga yetishi mumkin.
Respublika hududining katta qismida havo harorati pasayadi va yakshanba kuniga kelib kunduz kungi harorat 23-28 darajagacha tushadi. Dushanba kuniga kelib tungi harorat o‘zining minimumiga yetib, 10-13 darajagacha tushadi.
Izoh (0)