Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Shavkat Mirziyoyev nomzodning taqdimotidagi takliflarni qo‘llab-quvvatlab, ular yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlariga Qoraqalpog‘istonda qo‘shimcha imtiyoz va yengilliklar berish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Jumladan, Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida:

  • hudud uchun foyda solig‘i stavkasini 15 foizdan 7,5 foizga tushirish;
  • aylanma soliq stavkasini Nukus shahrida 4 foizdan 2 foizga, tumanlarda 2 foizdan 1 foizga, olis hududlarda esa 1 foizdan 0,5 foizga pasaytirish;
  • mol-mulk va yer solig‘i stavkalarini 2 baravarga kamaytirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Bundan tashqari, 2022-yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun rejadagi 650 milliard so‘mga qo‘shimcha ravishda 200 milliard so‘m ajratiladi.

Agrar sohadagi masalalarni hal qilish bo‘yicha:

  • yil yakuniga qadar 6 ming 620 gektar, kelgusi yilda 6 ming gektar paxta va g‘alla yerlarini qisqartirib, aholiga ijaraga berishni yo‘lga qo‘yish;
  • ekin ekish xarajatlari uchun fermerlarga 200 milliard so‘m va dehqonlarga 50 milliard so‘m ajratish;
  • suv ta’minotini yaxshilash maqsadida har bir quduqni burg‘ilash va ishga tushirish uchun 15 million so‘mgacha subsidiya ajratish va boshqa moliyaviy ko‘mak bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Mahalliy
“Yotoqxona ahvoli rahbarlarni qiziqtirmayapti, muammoni aytsak, bizni uydan quvib chiqarishadi”. Navoiyliklar xaroba yotoqxonada yashayotganini aytmoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 30-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar