Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

ISFT Instituti 2021-yildan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi qoshidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan berilgan litsenziya asosida o‘qishning kunduzgi va sirtqi shakllariga abituriyentlarni qabul qiladi.

Ta’lim sohasida dunyo tajribasini integratsiya qilish orqali ISFT instituti xalqaro darajadagi kadrlarni tayyorlashga intiladi. O‘quv jarayoni samarali kichik guruhlarda tajribali mutaxassis va professorlar tomonidan olib boriladi.

Bugun ISFT Instituti abituriyentlarga kirish uchun qulay shartlarni taklif etadi:

• Birinchi bosqich – umumiy ta’lim;

• Bakalavriat: Xalqaro amaliy buxgalteriya va moliya;

• Bakalavriat: Xalqaro biznes-boshqaruv;

• Bakalavriat: Menejment va boshqaruv hisobi.

Birinchi umumiy ta’lim bosqichiga kirish uchun abituriyentlarga bir necha variant taklif etiladi:

• Davlat test markazi (DTM) imtihoni natijalari 90 balldan yuqori bo‘lgan holda natijalar tekshiriladi va suhbat o‘tkaziladi. Muvaffaqiyatli tekshiruv va suhbatdan so‘ng, tanlov asosida abituriyent ISFT talabasiga aylanadi.

• ISFT imtihonlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tish imkoniyati ham mavjud – bunda ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha va umumiy matematikadan uch tilda (o‘zbek, rus, ingliz) test topshiriladi. Sirtqi asosdagi birinchi umumiy ta’lim kursiga qabul qilinish uchun ham abituriyentlarga eng yaxshi sharoitlar yaratilgan.

• Davlat test markazi (DTM) imtihoni natijalari 60 balldan yuqori bo‘lsa, natijalar tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng, tanlov asosida abituriyent ISFT Instituti talabasiga aylanadi.

• To‘g‘ridan-to‘g‘ri ISFT Instituti imtihonidan o‘tish orqali kirishda ta’lim tili (o‘zbek, rus, ingliz) va umumiy matematikadan ta’lim tilida (o‘zbek, rus, ingliz) test topshirish talab etiladi. Shuningdek, har bir talaba uchun hamyonbop ta’lim strategiyasiga muvofiq, ISFT instituti shartnoma asosida o‘qish uchun sharoit yaratgan va har yili grant o‘rinlarini ham taqdim etadi:

• Kunduzgi ta’lim: yiliga 15 million  so‘m;

• Sirtqi ta’lim: yiliga 9 million 900 ming so‘m.

• Grant dasturi: 200 ta o‘rin, qo‘shimcha xotin-qizlar uchun 50 ta byudjet o‘rin!

Ro‘yxatdan o‘tish admission.isft.uz saytidan yoki Respublika bo‘yicha tashkillashtirilgan qabul ofislarimiz orqali amalga oshiriladi.

Ta’lim dasturlari, kirish imtihonlari va ISFT Institutida o‘qish shartlari haqida batafsil www.isft.uz rasmiy saytida va +998-55-506-37-37 raqami orqali bilib olishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak
Mahalliy
“Qonunlar ishladi”: Rasul Kusherbayevni onasidan so‘kkan fuqaro 9 mln so‘m jarimaga tortildi
Dunyo
Rossiyalik harbiylar Xersondan chekinmoqchi bo‘lgan, ammo Putin buni taqiqlagan va endi joylarda strategik qarorlarni o‘zi qabul qilishini aytgan