Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekistonda Mustaqillik bayramining 31 yilligi oldidan va bayram kunlari Toshkent shahri hamda respublikaning barcha shahar, tuman markazlarida asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining bayram oldi arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, dehqon bozorlari hamda aholi zich istiqomat qiladigan mahallalarda tashkil etilgan yarmarkalar 2022-yilning 20-avgustidan 5-sentabriga qadar har kuni soat 08:00 dan 20:00 gacha ishlaydi.

“Savdo nuqtalarida sotuvchilar uchun barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan. Jumladan, rastalar, sovitkichlar, tarozilar va mahsulotlarni saqlash uchun omborxonalar, to‘lov terminallari bilan ta’minlab berilmoqda.

Oziq-ovqat yarmarkasining formati fermerlar va dehqonlarga o‘z mahsulotlarini peshtaxtalarni ijaraga olmagan holda xaridorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish imkoniyatini beradi”, — deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ularni kim deb atash mumkin?” Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlarni tanqid qildi
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi
Mahalliy
“Ba’zi hokimlar, vazirlik rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan” — Sardor Umrzoqov