Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida 3 ta “ZIL”, Damas va YPX xizmat mashinasi ishtirokida YTH yuz berib, bir kishi halok bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda avtohalokatdan keyin holat aks etgan video tarqaldi.

Viloyat YHXB matbuot xizmatininf xabar berishicha, voqea 18-avgust kuni soat 23:30 larda, G‘allaorol tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega M39 Toshkent—Termiz avtomobil yo‘lining 1010-kilometrida yuz bergan. “ZIL-130” yuk mashinasi nosoz holda to‘xtab qolgan. Shu yerda xizmat olib borayotgan YPX inspektori Cobalt YPX xizmat mashinasida mayoqchalarini yoqib harakat xavfsizligini ta’minlab turgan vaqtida boshqa “ZIL-130” yuk mashinasi YPX avtomobili chap tomonini qirib o‘tib, oldinda to‘xtab turgan “ZIL-130” orqa qismiga borib urilgan.

Yuzaga kelgan tirbandlik tufayli to‘xtab turgan Damas orqasidan yana bir “ZIL-130” yuk mashinasi kelayotgan bo‘lgan. U oldindagi avtomashinalar o‘ng tomoni va bordyur o‘rtasidan yurib borayotib, tormoz tizimi ishlamay qolishi oqibatida piyodani (1969-yilda tug‘ilgan) urib yuborib harakatlanishda davom etib, YPX mashinasi orqasidan urib texnik shikast yetkazgan.

Oqibatda birinchi “ZIL-130” yuk mashinasiga borib urilgan boshqa “ZIL-130” haydovchisi (2001-yilda tug‘ilgan) voqea joyida vafot etgan, yana ikki nafar fuqaro tan jarohati olgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin prezidentlikdan ketsa, uning lavozimiga kim da’vogarlik qilishi mumkinligi ma’lum qilindi
Mahalliy
Qashqadaryoda tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi
Dunyo
Afg‘onistonda urush boshlagan AQSH, dispetcher xatoligi sabab qulagan samolyot va Putinning tug‘ilgan kunida o‘ldirilgan faol jurnalist. Kun xronologiyasida 7-okta...