Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Haddan tashqari issiq va qurg‘oqchil yoz mintaqadagi daryolarni quritgani sababli Yevropada tabiiy gaz narxi ko‘tarildi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Narxlar oshishiga daryolarning suv sathi pasaygach yetkazib berishda muammolar yuzaga kelgani sabab bo‘lmoqda.

Benchmark xom neftining fyucherslari dushanba kuni 0,7 foizgacha ko‘tarildi. Yevropa daryolaridagi suv sathining juda pastligi dizel, ko‘mir va boshqa tovarlarni qit’a orqali tashishni qiyinlashtirmoqda. Shu bilan bir qatorda, kommunal xizmatlar uchun ko‘proq gaz sarflanmoqda.

Bundan tashqari mamlakatlar narxlar o‘sishini ham nazorat ostida ushlab turibdi. Germaniya gaz jamg‘arish bo‘yicha belgilangan muddatdan ikki hafta oldin maqsadga erishdi.

Reyn daryosidagi suv sathi bu hafta juda past darajada bo‘lishi kutilmoqda.

Germaniya hukumatining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, daryoning Frankfurtning g‘arbiy qismidagi sayoz nuqtasi 30 santimetrga (11,8 dyuym) tushishi va kamida 18-avgustga qadar shu darajada bo‘lishi kerak. Reyn G‘arbiy Yevropaning yoqilg‘i va boshqa sanoat tovarlarini tashish uchun eng muhim daryodir.

Bozorda raqobat o‘ta kuchli, Rossiyadan “Shimoliy oqim” gaz quvuri orqali yetkazib berish hamon cheklangan miqdorda va savdogarlar suyultirilgan gaz yuklari uchun kurashmoqda.

Bunday kam miqdordagi oqim Yevropa iqtisodiyotiga putur yetkazdi, sanoat ishlab chiqarishiga zarba berdi, inflyatsiyani o‘nlab yillardagi eng yuqori darajaga ko‘tardi va yirik iqtisodlarni retsessiyaga olib kelishi bilan tahdid qildi.

Shanba kuni Germaniya Iqtisodiyot vazirligi qish oldidan gaz iste’molini 20 foizga qisqartirishga intilayotgani sababli, davlat va xususiy sektorda ofislardagi minimal haroratni kamaytirishni taklif qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Gitlerga maktub yozgan Gandining tug‘ilishi, maxfiy sanalgan Opus Dei tashkiloti va SSSRdagi yadroviy qurollar sinovi. Kun xronologiyasida 2-oktabr
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-oktabr kuni harorat kechasi 7 darajagacha pasayadi
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi