Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Yevropada gaz narxi mart oyidan buyon ming kub metr uchun 2 400 dollardan oshdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Kun boshidan buyon gaz narxining umumiy o‘sishi 11,5 foizni tashkil etdi.

Niderlandiyadagi TTF markazida sentabr fyucherslari narxi ming kub metr uchun 2 412 dollarga yoki MVt/soat uchun 228,8 yevroga ko‘tarildi.

Avvalroq Yevropada kechki savdo paytida gaz narxi keskin ko‘tarilib, ming kub metr uchun deyarli 2 350 dollarga yetgan edi.

“Gazprom” 2022-yilning yanvar—iyul oylarida MDHdan tashqari davlatlarga gaz eksportini 34,7 foizga ya’ni 75,3 mlrd kub metrgacha qisqartirganini ma’lum qildi.

27-iyuldan boshlab “Shimoliy oqim” gaz quvuridan bir nechta gaz turbinalari to‘xtatilishi munosabati bilan yetkazib berish atigi 20 foiz bo‘lmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar sayohat uchun ko‘proq qaysi davlatlarga borayotgani ma’lum qilindi
Dunyo
Ijevskdagi maktabda yuz bergan otishma qurbonlari soni 17 kishiga yetdi
Sport
Millatlar Ligasida uchinchi yarim finalchi nomi ma’lum bo‘ldi