Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Buxoro shahrida giyohvandlik moddasini noqonuniy ravishda muomalaga kiritish holati aniqlandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2022-yilning 8-avgust kuni soat 21:30 larda Buxoro shahar IIO FMB Jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida Buxoro tumani Shexoncha mahallasida yashovchi, 2002-yilda tug‘ilgan M.M. boshqa bir fuqaroga Buxoro shahar “Ark” qo‘rg‘oni qarshisidagi bog‘ ichida bir dona oq qog‘oz bo‘lagiga o‘ralgan, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ekspert kriminalistika bo‘limining sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra sof vazni 10,59 grammga teng bo‘lgan ko‘p miqdordagi marixuana giyohvandlik vositasini 3 200 000 so‘mga baholab sotayotganda aniqlanib, qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan M.M. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi