“O‘zgidromet” 13-avgust kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
13-avgust kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo kam bulutli bo‘ladi. Cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Maksimal harorat 32–37 daraja atrofida saqlanib turadi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Kunduz kuni harorat 35–37 darajani tashkil etadi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 25–30 daraja bo‘ladi.
Izoh (0)