Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekistonda 2022-yilning 7 oylik yakunlari bilan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 10 trilllion so‘mni, eksport hajmi 438 million dollarga yaqin mablag‘ni tashkil etdi. Bu haqda AOKAda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi axborot xizmati rahbari Namoz Tolipov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ta’kidlanishicha, yuqorida keltirilgan ko‘rsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 1,4 barobarga oshgan. 54,7 million dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilib, 23 ta loyiha ishga tushirilgan. Bundan tashqari, mahsulotlar eksport geografiyasi kengaytirilgan, 48 ta mamlakatga, jumladan, yangi davlatlarga — Avstriya, Vengriya, Ruminiya, Niderlandiya, Finlyandiya, Chexiya, Afrikaning Mavrikiya mamlakatlarigacha milliy mahsulotlar yetib borgan.

200 ga yaqin mahsulotlar ichida suv nasoslari, lift va eskalator, sanoat sovitkichlari va quyosh suv isitkichlari ham mavjud. Eng ko‘p mahsulotlar Turkiya (185 million dollar), Rossiya (87 million dollar), Qozog‘iston (50 million dollar), Xitoy (22,5 million dollar), Tojikiston (22 million dollar), Ozarbayjon (19 million dollar) davlatlarga amalga oshirilgan. 11 ta yangi korxona, xususan, Farg‘ona, Qo‘qon, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridagi korxonalar ilk marotaba eksportga chiqa boshlagan.

Mahalliylashtirish dasturidagi loyihalarni amalga oshirilishi hisobiga 9 ta yangi turdagi import o‘rnini bosuvchi tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar (konditsioner tizimlari va sovitish uskunalari uchun mis trubkalar, markaziy isitish radiatorlari, fiskal modul (SAM kartalar) va sim kartalar, quyosh suv isitkichlari, inkubatorlar, SSMART 32—43 F20 televizorlari, yong‘in gidranti va boshqa shu kabilar) ishlab chiqarishi o‘zlashtirilgan. 2022-yil yakuni bilan dastur doirasidagi loyihalar ishga tushishi hisobga 400 million dollarlik import optimizatsiya qilinadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putin tug‘ilgan kunini qanday nishonlamoqchiligini ma’lum qildi
Sport
Superligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Mahalliy
Farg‘onada 64 yoshli qaynota kelinini o‘ldirib, marhumaning boshini uzib oldi