Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-avgust kuni Toshkent arxitektura qurilish institutiga tashrif buyurdi. Bu yerda prezident institut talabalari bilan suhbatda bo‘ldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Prezident yoshlarni bilim olishdan charchamaslikka chorlar ekan, jumladan, shunday deydi:
“Bilimga intilgan har bir inson har qanday sharoitda ham o‘z ustida ishlashi aniq. Men ushbu institutni to‘liq qayta qurish, barcha sharoitlar bilan ta’minlash haqida topshiriq berganimda bitta narsani o‘ylagandim. Bu — siz kabi yoshlarning kelajagini ta’minlashdir”.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Prezident talabalarga har bir daqiqani qadrlash kerakligini aytdi.
“Bilim olish orqali o‘zingizga investitsiya yaratishingiz mumkin. Vaqt shiddat bilan o‘tib ketadi, shuni hech qachon unutmang. Keyinchalik qo‘ldan chiqarilgan imkoniyatlar uchun pushaymondan foyda yo‘q”, — deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shavkat Mirziyoyev ushbu institut avval bir vaqtning o‘zida to‘rtta joyda joylashganini eslab o‘tib, talabalar ham sarson bo‘lganini alohida qayd etdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
“Avvallari arxitektura instituti binosi to‘rtta joyga bo‘lingan edi. Talabalar ham, domlalar ham sarson bo‘lgan.

Mana, harakat qilsa qilsa bo‘lar ekan-ku. Lekin bu hammasi emas. Biz arxitektura-qurilish ta’limi bo‘yicha klaster ustida ishlashimiz kerak. Kerak bo‘lsa maktabgacha ta’limdan boshlab ilmiy tadqiqot markazlarigacha birlashib ishlashi kerak”, — deya qo‘shimcha qildi prezident.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putin tug‘ilgan kunini qanday nishonlamoqchiligini ma’lum qildi
Sport
Superligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Mahalliy
Farg‘onada 64 yoshli qaynota kelinini o‘ldirib, marhumaning boshini uzib oldi