Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ulug‘nor tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Ulug‘nor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.A. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan 840 dona “Ilko regapen” va 140 dona “Tropikamid” nomli dori vositalarini fuqaro S.ga 20,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, jami 2 772 dona “Ilko regapen” hamda 145 dona “Tropikamid” nomli dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi