Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Hindistonning Chennai shahri mezbonligida o‘tayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 5-avgust kungi bahslari yakunlandi.

Foto: Shaxmat federatsiyasi

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 7-tur doirasida Peruga qarshi dona surdi va 4:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev, Jahongir Vohidov va Shamsiddin Vohidov o‘z partiyalarini g‘alaba bilan yakunladi. Javohir Sindorov ushbu turda dam oldi.

Ayollar terma jamoasi a’zolari Serbiyaga qarshi bahsda 1,5:2,5 hisobida yutqazib qo‘ydi. Nilufar Yoqubboyeva, Umida Omonova, Maftuna Bobomurodova durangga erishgan bo‘lsa, Marjona Malikova raqibiga yutqazib qo‘ydi.

7-turdan keyin O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi umumiy reytingda 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi, qizlar esa 45-pog‘onadan joy olgan. Eslatib o‘tamiz, erkaklar terma jamoasi musobaqaga 14-raqamda, ayollar esa 46-raqamda saralangan.

6-avgust kuni 8-tur bahslari bo‘lib o‘tadi. Unda erkaklar terma jamoasi Germaniya bilan o‘ynasa, ayollar Shimoliy Makedoniyaga qarshi dona suradi.

Avvalroq prezident qaroriga ko‘ra, Butunjahon shaxmat Olimpiadasi sovrindorlari katta pul mukofotiga ega bo‘lishi xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda bank xodimlari bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan 111 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovini qoplab berish tartibi belgilandi
Mahalliy
Toshkentdagi klinikada janjal ko‘targan opa-singilga sud hukmi o‘qildi