Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi “Ishchi guruh” tabiiy gaz qazib chiqarilishi, geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish borasida bajarilayotgan vazifalarni joyiga chiqib o‘rganish maqsadida Qashqadaryo viloyatidagi Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida bo‘ldi.

“Ishchi guruh” a’zolari Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida yangi maydonlarda uglevodorodlar zaxirasini oshirish, konlarda tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini ko‘paytirish va texnologik obyektlarni qurish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganishlarning ikkinchi kunida, boshqaruv raisi rahbarligida “Zevarda” konida joylashgan shtabda departament boshliqlaridan iborat “Ishchi guruh” a’zolari, Muborak boshqarmasi rahbariyati, kon boshliqlari, bosh mutaxassislari hamda quduqlarni burg‘ilash, kapital ta’mirlash ishlarini olib borayotgan pudratchi tashkilotlar, shuningdek, qurilish tashkilotlari rahbariyati ishtirokida Muborak hududida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Muborak boshqarmasi tomonidan joriy yilning o‘tgan yetti oyi davomida bajarilgan va 2022-yil oxirigacha uglevodorodlarni qazib chiqarish ko‘rsatkichlarini oshirish uchun konlarda rejalashtirilgan tadbirlar va ularning ijrosini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida boshqarma direktori Gulmurod Mavlonov, direktor o‘rinbosari Ulug‘bek To‘rayev hamda Bosh geolog Bobir Abduraimovning hisoboti tinglandi.

Hisobot davrida Muborak boshqarmasi bo‘yicha geologo-texnik tadbirlar doirasida 21 ta yangi ishlatish quduqlari burg‘ilandi, 231 ta quduqlarda ta’mirlash va intensifikatsiya ishlari bajarildi. Shu bilan birga, 16 ta texnologik obyektlar ishga tushirildi. Ushbu tadbirlar hisobidan yanvar-iyul oylarida qo‘shimcha 524,1 million kub metr tabiiy gaz va 10,6 ming tonna gaz kondensati qazib olishga erishildi.

Muborak boshqarmasi “O‘zbekneftgaz” tasarrufidagi eng yirik korxona hisoblanib, unda yiliga qariyb 16 milliard kub metr tabiiy gaz va 111 ming tonna suyuq uglevodorodlar qazib chiqariladi. Hisobot davrida Muborak boshqarmasida 8,9 milliard kub metr tabiiy gaz, 57,9 ming tonna neft, 160,2 ming tonna gaz kondensati qazib chiqarildi. Shundan 8 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarildi.

Muborak hududida olib borilayotgan geologik izlov-qidiruv ishlari holati bo‘yicha Geologiya departamenti boshlig‘i Anvar Gadoyev hisoboti tinglandi. Ma’lum qilinishicha, 2022-yilda ushbu yo‘nalishda Muborak hududida “Cho‘lliota”, “Yangi alat”, “Yangi tegirmon”, “Oltinko‘l” kabi 7 ta yangi maydonlarni burg‘ulashga kiritish va yil oxirigacha 19 ta izlov-qidiruv quduqlari qurilish ishlari bilan tugatildt. Natijada gaz zahirasini 12 milliard kub metrga va suyuq uglevodorodlar zaxirasini 280 ming tonnaga o‘stirish rejalashtirilgan. Shuningdek, Muborak hududida katta chuqurliklardagi yangi istiqbolli maydonlarni, xususan, terrigen-yura yotqiziqlarining istiqbolligini o‘rganishga qaratilgan yangi yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning hisoboti berildi.

Hududda amalga oshirilayotgan yangi izlov-qidiruv va ishlatish quduqlarini burg‘ulash ishlari holati to‘g‘risida Burg‘ulash ishlarini muvofiqlashtirish departamenti boshlig‘i Elyor Mamatov va “O‘zneftgaz burg‘ilash ishlari” MCHJ direktori Ulfat Amanov hisobot berdi.

2022-yilning avgust-dekabr oylarida boshqarmada 13ta yangi ishlatish quduqlarini va 11 ta izlov-qidiruv quduqlarini burg‘ulash bilan topshirish rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu quduqlarni o‘z vaqtida topshirish uchun zarur moddiy-texnik resurslar bilan ta’minlash hamda burg‘ilash ishlarini jadallashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va muammolar muhokama qilindi.

Konlarni geologik va gidrodinamik modellashtirish, texnologik rejim bo‘yicha ishlatish va yangi quduqlarni burg‘ulash o‘rinlarini belgilash va mukammal ta’mirlashga quduqlarni saralab olish borasida joriy yilning yetti oyida bajarilgan va 2022-yil oxirigacha uglevodorodlarni kazib chiqarish prognoz ko‘rsatkichlarini bajarilishi uchun rejalashtirilgan chora-tadbirlar bo‘yicha Konlarni ishlatish departamenti boshlig‘i Sirojiddin Mallayev va boshqarmaning bosh geologi Bobur Abdurayimovlar hisoboti tinglandi. Xususan, “Pomuq” konidagi 15-sonli quduqda olib borilgan ishlar hisoboti berilib, ushbu yo‘nalishda konlarning quduqlar fondi bilan ishlab tugatilgan fondagi quduqlarni ishlatishga qaytarish, quduqlarda yonlama o‘zanni burg‘ulash bilan murakkkab ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga alohida e’tibor qaratilgani va avgust-dekabr oylarida 25 ta quduqlarda shu kabi ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgani aytib o‘tildi.

Boshqarmadagi mavjud siquv kompressor stansiyalarning ish holati, dvigatellarni ta’mirlash, zarur ehtiyot qismlar bilan ta’minlash yo‘nalishida 2022-yilnig o‘tgan davrida bajarilgan ishlar va kelgusi rejalar haqida Uglevodorodlarni qazib chiqarish departamenti boshlig‘i Azizxon Rahmonov va Xaridlar departamenti boshlig‘i Dilmurod Burxonov hisobotlari ham tinglandi.

Boshqaruv raisi tomonidan kuz-qish mavsumida tabiiy gazni iste’molchilarga barqaror yetkazib berish uchun Muborak boshqarmasidagi mavjud 15 ta siquv kompressor stansiyalaridagi 7 ta dvigatellarni yil oxirigacha ta’mirlab yetkazib berishni tashkil etish kerakligi ta’kidlandi.

“Ko‘kdumaloq”, “Dengizko‘l” stansiyalari gaz haydash agregatlariga ehtiyot qismlar xarid qilishni jadallashtirish, “Somontepa” siquv kompressor stansiyasi uchun Chexiyadan 1 dona “Taurus-70” rusumli gazturbinali dvigatelni qisqa muddatda yetkazib kelib ishga tushirish choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shu bilan birga, konlardagi tabiiy gaz zaxirasini maksimal darajada qazib olish va texnologik jarayonlarni yaxshilash maqsadida “Girsan”, “Cho‘lquvar”, “Sho‘mak” kabi kichik konlar uchun quduq usti kompressorlarini xarid qilish bo‘yicha tegishli xulosalarni olish va tender savdolari o‘tkazib shartnomalar tuzish yuzasidan ham ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida Muborak hududida 2022-2026-yillarda uglevodorodlar qazib chiqarishni barqarorligini ta’minlash dasturini ishlab chiqish, loyihalashtirish ishlari va konlarning infrastrukturalarini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan ilmiy-texnik yechimlar, istiqbolli yo‘nalishlar, 2022-2026-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi yo‘nalishlarda uglevodorodlarni qazib olishni amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar yuzasidan “O‘zLITIneftgaz” AJ boshqaruv raisi Ulug‘bek Nazarov hisobot berdi.

Shundan so‘ng, 2022-yilning o‘tgan yetti oyida bajarilgan va yil yakuni bilan bajariladigan quduqlarni mukammal ta’mirlash ishlari bo‘yicha “O‘zneftgazquduqta’mirlash” AJ bosh direktori Rufat Qudratov, “Andijonneftgazquduqta’mirlash” MCHJ direktori Nizomiddin Qahhorov va “Maxsusenergogaz” AJ boshqaruv raisi Dilshod Haqberdiyevlarning hisobotlari tinglandi.

Boshqaruv raisi tomonidan, Muborak hududida quduqlarni mukammal ta’mirlash ishlarini jadallashtirish, quduqlar fondi bilan ishlash shuningdek, barcha korxonalar bir-biriga yaqindan yordam berishi va qo‘llab-quvvatlashi orqali quduqlarda amalga oshirilayotgan ishlarni jadallik bilan olib borish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Yig‘ilish davomida kon boshliqlarining tabiiy gaz qazib chiqarish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobotlari ham eshitilib, ularning muammoli masalalari va takliflari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarni hal qilish bo‘yicha tegishli raxbarlarga topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev tomonidan Muborak hududida geologik qidiruv ishlarini olib borishni jadallashtirish, quduqlarni mukammal ta’mirlash, burg‘ulash ishlarini kuchaytirish, 2022-yil yakuni bilan belgilangan reja ko‘rsatkichlarini bajarishni ta’minlash yo‘nalishdagi ustuvor vazifalar bo‘yicha boshqarma rahbariyati, tegishli departament boshliqlariga aniq ko‘rsatmalar va topshiriqlar berildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda bank xodimlari bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan 111 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovini qoplab berish tartibi belgilandi
Mahalliy
Toshkentdagi klinikada janjal ko‘targan opa-singilga sud hukmi o‘qildi