Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Isroil mudofaa kuchlari terrorizmga qarshi “Tong” operatsiyasi doirasida G‘azo sektoridagi Falastin “Islomiy jihod” guruhiga zarba berishda davom etmoqda.

Foto: Reuters

Isroilning ko‘plab aholi punktlarida havo hujumi signallari yangramoqda, aholi “Temir gumbaz” havo mudofaa tizimining ishlayotgani aks etgan videolarni joylashtirmoqda. G‘azo sektoridan 71 ta raketa uchirilgan. Bu haqda “Kommersant” nashri xabar berdi.

Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektoridagi “Islomiy jihodi” terror tashkiloti nishonlariga hujum qilishda davom etmoqda, — deyiladi harbiylarning Telegram’dagi xabarida.
Isroil qiruvchi samolyotlari guruh tomonidan raketa-qurol ishlab chiqaradigan obyektlarga hujum qilgan.

Oxirgi ikki soat ichida Isroilning turli hududlarida 14 marta sirena signali chalingan. Tel-Aviv shahardagi barcha ommaviy bomba boshpanalari ochilgan.

Ushbu vaqt davomida G‘azo sektoridan 71 ta raketa uchirildi, deya ma’lum qilgan Isroil mudofaa kuchlari Twitter’da. Biroq ulardan to‘qqiztasi Isroilgacha yetib bormagan.

Isroil armiyasi 5-avgust kuni G‘azo sektorida “Falastin islom jihodi”ga qarshi “Tong” aksilterror operatsiyasini boshlagan. Birinchi zarbalar seriyasida 15 ga yaqin jangari, jumladan, guruh qo‘mondoni o‘ldirilgan. Keyinroq Isroil mudofaa vaziri Benni Gants zaxiradan 25 minggacha askar jalb qilinishini buyurdi.

Mavzuga doir: Isroil armiyasi G‘azo sektoriga zarba berdi (foto)

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda bank xodimlari bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan 111 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovini qoplab berish tartibi belgilandi
Mahalliy
Toshkentdagi klinikada janjal ko‘targan opa-singilga sud hukmi o‘qildi