Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-avgust, juma kuni “Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qarorga ko‘ra, Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, “To‘dako‘l” dam olish bazasi hududida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan maktabdan tashqari davlat sport-ta’lim muassasasi hisoblangan Xalqaro shaxmat maktabi tashkil qilinadi.

Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4954-son qarorida belgilangan turnirlar va musobaqalar bilan bir qatorda qo‘shimcha ravishda quyidagi musobaqalar 2023-yildan boshlab har yili tizimli ravishda o‘tkazilishi belgilandi:

  • yoshlar o‘rtasida barcha hududlarda “Rokirovka” musobaqasi;
  • keksa avlod vakillari o‘rtasida “Nuroniylar” kubogi uchun;
  • nogironligi bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida “Cheksiz imkon” turniri;
  • 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan 50 000 dollar miqdorida mukofot fondiga ega Women’s Chess Championship xalqaro musobaqasi;
  • MDH, SHHT va Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar shaxmatchilari o‘rtasida an’anaviy Uzbekistan Chess Open xalqaro musobaqasi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda bank xodimlari bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan 111 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovini qoplab berish tartibi belgilandi
Mahalliy
Toshkentdagi klinikada janjal ko‘targan opa-singilga sud hukmi o‘qildi