Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda telefondan ko‘p foydalanish oqibatida bolalar ko‘zida sariq parda o‘sayotgani va bu bora-bora ko‘z qorachig‘ini to‘sib qo‘yishi haqidagi xabarlar tarqaldi. Ushbu holatga “Ko‘z nuri” klinikasi oftalmologi Mehruz Saidov “Shifobaxsh” kanaliga bergan intervyusida izoh berdi.

Foto: “Shifobaxsh” YouTube kanali

Foto: “Shifobaxsh” YouTube kanali

Ko‘z shifokori Mehruz Saidovning ta’kidlashicha, tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

“Bu kasallik ko‘zga biron bir suyuqlik tomizilishi oqibatida kelib chiqishi mumkin. Shuningdek, noto‘g‘ri ovqatlanish yoki ko‘zga yot jism tushishi natijasida ko‘zda yuz bergan allergik holat bu shishishni keltirib chiqarishi mumkin”, – dedi oftalmolog.Ushbu kasallikning klinik belgilari:

  • ko‘zda yoshlanish;
  • ko‘zda qizarish;
  • ko‘zda qadalish;
  • ko‘zda qichishish.
“Ko‘rishga hech qanday ta’sir qilmaydi. Shifokor bilan maslahatlashgan holda uy sharoitida diazolin tabletkasini iste’mol qilish mumkin”, – dedi ko‘z shifokori.

Mutaxassisning alohida ta’kidlashicha, bolalarning telefondan ko‘p foydalanishi qo‘shimcha kasalliklar olib keladi. Bular: ko‘zni qurish sindromi, “yolg‘ondan minus”, ya’ni bola uzoqni yaxshi ko‘rolmaslikni boshlaydi. Bu bora-bora “rost minusga” – uzoqni yaxshi ko‘rmaslikka olib kelishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Kino ijodkorlar tomonidan ishora qilingan, ammo ko‘pchilik payqamagan mashhur filmlardagi detallar (foto)
Dunyo
AQSH osmonida razvedkachi havo shari aniqlandi. Pentagon sharni Xitoyga tegishli deb hisoblamoqda (video)
Mahalliy
O‘zbekistonning qator hududlarida 4-fevral kuni ham yomg‘ir yog‘adi