Atirsovun qo‘l yuvishdan tashqari boshqa ishlarda ham qo‘llaniladi. Sovun faqat yuvish va tozalash vositasi emas, uning yordamida yana ko‘plab foydali ishlarni qilish mumkin.
Quyida shu usullar keltiriladi:
- Vintlarni yog‘ochga kiritish qiyin bo‘lsa, ularga biroz sovun ishqalang va shundan keyin yog‘ochdan pichoq kabi o‘tadi.
- Tirnog‘ingiz ostiga kir kirib qoladigan ish qilayotgan bo‘lsangiz, ularni birinchi navbatda sovun bilan ishqalab oling.
- Sovunni ko‘ylak yoki shimdagi yurmay qolgan zamokni moylash uchun, shuningdek, eshik ilmoqlari siqilib qolmasligi uchun ham ishlatish mumkin.
- Yog‘och pol g‘irchillamasligi uchun taxta plitalari orasidagi bo‘shliqlarni sovunli suv bilan yuvish mumkin.
- Sovun eritmasi yordamida siz ayrim o‘simliklarda paydo bo‘lgan kasalliklarni yo‘qotishingiz mumkin.
- Agar oddiy sovunni maydalasangiz, bolalar kiyimlari uchun ajoyib kir yuvish kukuniga ega bo‘lasiz.
- Kiyimlardan xushbo‘y hid kelib turishi uchun ular orasiga sovun qo‘ying.
- Sovun poldagi ko‘rinmas shisha parchalarini yig‘ishga yordam beradi. Eski sovun qoldig‘ini idish-tovoq sindirilgan joyga ishqalash kifoya.
- Bog‘ichli oyoq kiyim yoki etik terisining ichki qismiga sovun bo‘lagini surtsangiz, ular yumshoqroq va qulayroq bo‘ladi.
- Ko‘zoynakni sovunli suv bilan artib oling va toza mato bilan quriting. Shundan keyin ular haroratning keskin o‘zgarishida va tumanli ob-havoda ham o‘zgarmaydi.
- Agar kalit silindrga yaxshi mos kelmasa, unga sovun surtsangiz silindrdan o‘tishi mumkin.
- Ko‘ylaklardagi yoqalar vaqt o‘tishi bilan sarg‘ayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun kir yuvish mashinasiga kiyimni solishdan oldin yoqani sovun bilan ishqalang.
- Qo‘lingizga uzuk qattiq tiqilib qolgan bo‘lsa uni ko‘pik bilan ishqalang va suvda yuving.