Daryo

Samarqandda harakatlanib ketayotgan “ZIL” yonib ketdi

Holatni bartaraf etishga 2 ta yong‘in-qutqaruv guruhi jalb etildi

1 daqiqa o‘qish38 450 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida 23-iyun kuni “Gaz-52” yuk mashinasida yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.

Foto: Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Qayd etilishicha, shu kuni soat 15:18 da Ishtixon tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 52-kilometrida harakatlanib ketayotgan yuk avtomashinasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Ular yong‘inga soat 15:26 da yetib borgan va soat 15:32 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida avtomashinaning old qismi qisman yonib, zararlangan. Shuningdek, yong‘indan avtomashinaning yuk xonasida bo‘lgan, taxminan, 3 tonna g‘alla saqlab qolingan.

Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar