Daryo

Samarqandda Labo’da yong‘in yuzaga keldi

Bunga mashinaga ortilgan kimyoviy qorishma qopqog‘i siqilishi sabab bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish17 368 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida 11-iyun kuni kimyoviy qorishma ortilgan mashinada yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.

Foto: Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi

Qayd etilishicha, holat shu kuni soat 15:30 larda Kattaqo‘rg‘on tumani “Kadan” mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Labo transport vositasiga ortilgan kimyoviy qorishma (pena)ning qopqog‘i siqilgan. Oqibatda chaqnash yuzaga kelib, yong‘in chiqqan.

Yong‘in tuman FVB tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida avtomashinaga shikast yetgan. Vafot etgan, jarohat olganlar yo‘q.

Holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqandda somon ortilgan yuk mashinasi yonib ketgani, Toshkentdan Nukusga harakatlanib ketayotgan avtobus yonib ketgani, Namanganda Orlandoda yong‘in yuz bergani haqida xabar berilgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar