Daryo

Toshkentda Isuzu avtobusi simyog‘ochga borib urildi

Avtobus haydovchisi oldida turgan mashinani urib yubormaslik uchun rulni chap tomonga keskin burgan

1 daqiqa o‘qish26 730 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Toshshahartransxizmat”

Toshkentda Isuzu avtobusi yengil mashina bilan to‘qnashuv sodir etmaslik uchun simyog‘ochga borib urildi, deb xabar beradi “Toshshahartransxizmat”.

Foto: “Toshshahartransxizmat”

Ma’lum qilinishicha, 15-iyun kuni soat 07:55 larda 7-Avtobus saroyi filiali haydovchisi 31 yoshli M.A. Isuzu rusumli avtobusni 56-yo‘nalishda Bunyodkor shohko‘chasi bo‘ylab yo‘lovchilarsiz boshqarib borayotib, Xalqlar do‘stligi saroyi qarshisida piyodalar o‘tish joyiga yaqinlashayotganida, o‘ng tomonidan yengil avtomobil keskin siqib o‘tgan. Natijada haydovchi o‘zidan oldinda to‘xtab turgan avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etmaslik uchun avtobusni chap tomonga burgan va yo‘l chetidagi temir simyog‘ochga borib urilgan. Hodisa natijasida jarohat olganlar yo‘q.

Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hamda “Toshshahartransxizmat” AJning Yo‘lovchi transportida harakat xavfsizligini nazorat etish bo‘limi tomonidan xizmat surishtiruvi o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Toshkentning “Minor” metro bekati yonida avtobus yongani to‘g‘risidagi xabarlar rad etilgani, Qibrayda ikki yo‘lovchi avtobus poyga o‘ynashi oqibatida ulardan biri Lacetti bilan to‘qnashib ketgani, Sirdaryoda mast holda qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketayotgan avtobus haydovchisi ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar