Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Agar yangi non sotib olgandan so‘ng u bir necha kun ichida qotib qolsa yoki mog‘orlab qolsa, demak u noto‘g‘ri saqlangan. Marie Claire tajribali oshpazning foydali maslahatlarini baham ko‘rdi, bu non mahsulotlarini saqlash muddatini sezilarli darajada uzaytirishga yordam beradi.

Foto: Marie Claire

Foto: Marie Claire

Non tanlashda adashmang

Yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan non mahsulotlarining eng uzoq saqlash muddati boshqalarigan nisbatan ko‘proq. Shuning uchun agar uzoqroq turadigan pishiriqlar kerak bo‘lsa, uning tarkibini o‘rganish kerak. “Yog‘ tabiiy saqlovchi hisoblanadi, shuning uchun yog‘i yuqori bo‘lgan har qanday narsa yaxshi saqlanadi”, — dedi. Mutaxassisning fikriga ko‘ra, tuxum, sariyog‘ va yong‘oq uni qo‘shilgan xamir ovqatlar uzoq vaqt saqlanadi.

Non qutisini sotib oling

Nonning yaroqlilik muddatini uzaytirishning eng oson usullaridan biri bu maxsus, mahkam o‘rnatiladigan non qutisini sotib olish va pishirilgan mahsulotlarni u yerda saqlashdir. “Non qutisi boshqa idishga qaraganda yaxshiroq saqlaydi, chunki u havo o‘tkazadi va havo oqimi va namlikning mukammal muvozanatini yaratadi. Shuningdek, non qutisi pishirilgan mahsulotlarni quyosh nurlaridan himoya qilishga yordam beradi, bu esa ularni quritishi mumkin”, — deb tushuntiradi Jennifer Xill Buker.

Nonni polietilen bilan o‘rang

Agar non qutisini sotib olishga qaror qilmagan bo‘lsangiz, uni oziq-ovqat plyonkasiga o‘rang yoki qorong‘i, quruq va salqin joyda saqlash tavsiya etiladi.

Nonni muzlatkichda saqlash mumkin

Oshpaz Jennifer Xill Bookerning fikriga ko‘ra, bu biroz baxsli saqlash usuli, agar pishirilgan mahsulotlarni 3-4 kun davomida yangi saqlash kerak bo‘lsa, bu qisqa muddatli chora sifatida yaxshi. Sovutgichning asosiy afzalligi — bu o‘zgarishsiz doimiy harorat bo‘lib, non mahsulotlarini biroz uzoqroq turishiga yordam beradi. Biroq non muzlatkichda namlik tufayli tezda mog‘orlashi mumkin.

Nonni muzlatish

Bundan ham yaxshi yechim, agar non mahsulotlarini bir oydan ortiq saqlash kerak bo‘lsa, bu yagona chiqish yo‘li. Agar non mahsuloti juda katta bo‘lsa, uni bo‘laklarga bo‘lib, keyin idishga solib, muzlatkichga qo‘yish lozim. “Ma’lum turdagi pishirilgan mahsulotlarning yog‘ va oqsil tarkibiga qarab, muzlatilgan pishiriqlar uch oydan olti oygacha saqlanishi mumkin”, — deydi Buker.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyadagi senzura haqida gapirgan sudya iste’foga chiqarildi. U Rossiya SSSRning “vorisi” emasligini ta’kidlagan edi
Mahalliy
Saudiya Arabistoni haj va umra ishlari vaziri O‘zbekistonga keldi (foto)
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi