Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Markaziy bank jismoniy shaxslarning valyuta operatsiyalariga doir ma’lumotlarni taqdim etdi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2022-yil yanvar—may oylarida o‘zbekistonliklar banklarga jami 4,32 mlrd dollar miqdorda xorijiy valyuta sotdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 59 foizga (1,6 mlrd dollar) ko‘p degani.

Banklar orqali aholiga jami 2,84 mlrd dollarlik xorijiy valyuta sotilgan. Bu 2021-yilning mos davriga nisbatan 70 foizga (1,17 mlrd dollar) ko‘p xorijiy valyuta sotildi.

Avvalroq Rossiya rublining o‘zbek so‘miga nisbatan sotish va sotib olish kursi tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda joriy xalqaro kotirovkalarga asosan belgilanib, kun davomida zaruriyatga ko‘ra o‘zgartirib borilishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Markaziy bank ta’kidlashicha, O‘zbekistonda jismoniy shaxslar tomonidan xorijiy valyutani (naqd va naqdsiz shaklda) olib kirish va olib chiqish bo‘yicha maxsus tartib o‘rnatilgan bo‘lib, ushbu tartib ichki valyuta bozoriga keskin ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan miqdorlarda pul oqimlarining vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Markaziy bank mavjud vaziyatni doimiy onlayn ravishda kuzatib borayotgani va zarur hollarda aholi manfaatlarini hamda milliy valyuta va bank tizimi barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishini ma’lum qilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)