• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Moliya

    Jahon banki O‘zbekistonda o‘rmonlarni tiklash uchun 142 mln dollarlik kredit ajratadi

    Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekistonga 142 mln dollarlik imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi. Bu haqda “Daryo”ga Jahon banki hisobotidan ma’lum bo‘ldi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Ushbu mablag‘lar mamlakatning turli hududlarida landshaftlar barqarorligini oshirish va o‘rmonlarni qayta tiklashga, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro tabiiy zonalarni tiklash hamkorligini rivojlantiruvchi loyihani moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

    Loyihaning maqsadi cho‘llanish va yer degradatsiyasining oldini olish, shuningdek, iqlim o‘zgarishi oqibatlariga tayyorligini ko‘tarish orqali landshaftlarning barqarorligini oshirishdan iborat.

    Loyihani amalga oshirish uchun Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA) O‘zbekiston hukumatiga past foiz stavkasida, qaytarish muddati 30 yil, shundan besh yili imtiyozli davr bo‘lgan kredit taqdim etadi.

    Trast fondlar tomonidan qo‘shimcha moliyalashtirish ajratiladi: Koreya-Jahon banki hamkorlik fondi (3 mln dollar) va Barqaror va chidamli landshaftlar uchun global hamkorlik (8 mln dollar).

     

    O‘zbekiston – o‘rmonlari kam bo‘lgan mamlakat. Hisoblarga ko‘ra, ular 3,68 mln gektarni egallaydi, bu mamlakatdagi barcha yer maydonlarining 8,6 foiziga to‘g‘ri keladi.

    So‘nggi 30 yil ichida o‘rmonlar maydoni chorvachilikning nazoratsiz rivojlanishi, turli sohalarda foydalanish uchun yog‘ochga bo‘lgan talabning ortishi va energiya manbalari juda taqchil bo‘lgan qishloq joylarida yoqilg‘i sifatida ishlatilishi, shuningdek, o‘rmon hududlari hisobidan sug‘oriladigan dehqonchilikni kengaytirilishi hisobiga kamaydi.

    O‘rmonlar degradatsiyasiga sabab bo‘lgan yana bir omil iqlim o‘zgarishi bo‘lib, bu yong‘inlarning ko‘payishiga, zararkunandalar hujumiga va o‘rmonlarda daraxtlar kasalliklarining oshishiga olib keldi.

    Dasturning ustuvor yo‘nalishlaridan biri mamlakatning ekologik barqarorligini oshirish hamda iqlim o‘zgarishining iqtisodiyotga va odamlarning turmush tarziga ta’sir ko‘rsatadigan oqibatlariga javob choralarini ko‘rishga tayyor bo‘lishdir.

    Jahon banki tomonidan moliyalashtiriladigan yangi loyiha hukumatga 2020-yil oktabr oyida qabul qilingan 2030-yilgacha O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligi tizimini rivojlantirish konsepsiyasi qoidalarini amalga oshirishda yordam beradi, – dedi Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli.

    O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi loyihani, jumladan quyidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun javobgardir:

    — O‘zbekistonda o‘rmon plantatsiyalari bo‘yicha birinchi yagona ma’lumotlar bazasini, shuningdek, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining zamonaviy va samarali tashkilotga aylantirish imkonini beradigan axborot-kommunikatsiya platformasini yaratishga ko‘maklashish.

    — Mamlakatning turli mintaqalarida degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash maqsadida hamda daraxtlardan keng foydalangan holda tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, ushbu faoliyat doirasida mahalliy aholining qisqa muddatli bandligini ta’minlash.

    — Tabiiy resurslardan samaraliroq foydalanadigan kichik va o‘rta korxonalarni rivojlantirish uchun fermerlarga moliyaviy va o‘quv xizmatlarini ko‘rsatish.

    — Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va o‘rmon qo‘riqxonalarini yanada samarali boshqarishga, shuningdek, ular negizida barqaror ekoturizmni rivojlantirishga ko‘maklashish. Loyiha doirasida ushbu maqsadlar uchun ularning hududlarida zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha ishlar moliyalashtiriladi.

    Bugungi kunda Jahon bankining O‘zbekistondagi dasturi tashkilotning Turkiyadan keyin Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik amaliyotidir. U umumiy qiymati qariyb 5,4 mlrd AQSH dollari bo‘lgan 29 ta loyihadan iborat.

    Avvalroq Chirchiqda 80 gektar hududda o‘rmon tipidagi istirohat bog‘i va dam olish maskani barpo etilishi haqida xabar berilgandi.

    09.06.2022, 20:45   Izoh (0)   9471
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda muomaladagi naqd pullar hajmi keskin o‘sdi. Markaziy bank izoh berdi

    09.06.2022, 18:04

    Markaziy bank O‘zbekistonda dollar kursi bilan bog‘liq vaziyatni tushuntirdi

    09.06.2022, 17:11

    O‘zbekiston iqtisodiyoti salbiy to‘lqinlarni ortda qoldirdi — Markaziy bank

    09.06.2022, 15:43

    Markaziy bank stavkani 16 foizgacha pasaytirdi. Bu nimani anglatadi va endi O‘zbekistonda nima o‘zgaradi?

    09.06.2022, 13:26

    Turk lirasi qulashda davom etmoqda — yil boshidan beri 22 foizga o‘z qiymatini yo‘qotdi

    08.06.2022, 22:16

    O‘zbekistonda ipoteka kreditlarining aksariyati 31-50 yoshdagi mijozlarga berilgan

    08.06.2022, 19:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda chivinlar tashiydigan yuqumli kasallikka chalinish ortdi

    Dunyo | 4 avgust, 02:25

    Hindistonda kamida 14 kishi avtomobilda kanalga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 23:35

    Afg‘oniston va O‘zbekiston tadbirkorlari 20 mln dollarlik memorandum imzoladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 23:27

    Sirdaryoda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:52

    Superliga. “Andijon” “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 3 avgust, 22:35

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.