Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Barselona” sardorlari navbatdagi maosh qisqarishiga norozi bo‘lmoqda, deya xabar qilmoqda Diario Sport.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Serxio Buskets, Xerard Pike va Xordi Alba kataloniyaliklarning deyarli barcha futbolchilarning maoshi 50 foizgacha qisqarishi haqidagi bayonotiga qarshi chiqdi. Avvalroq ular ikki marta maoshi qisqarishiga rozi bo‘lgan, endi maoshni kamaytirish ular uchun adolatsizlik bo‘ladi deb hisoblamoqda.

Rahbariyat yuqoridagi talab bilan jamoa sardorlariga murojaat qilsa, ular buni rad etadi.

Maoshi qisqartirilgan yangi shartnoma imzolagan to‘rtinchi sardor Serxi Robertoning kelajagi esa hozircha noma’lum.

Avvalroq “Barselona” rahbariyati aksariyat futbolchilarining maoshini 50 foizga qisqartirmoqchiligi, bu yaqinda shartnomasini uzaytirgan va qishki transfer oynasida jamoaga qo‘shilganlarga taalluqli emasligi xabar qilingandi. “Barselona” Yevropaning eng ko‘p qarzga ega klublari ro‘yxatida yetakchilik qilayotgani ma’lum bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, klub pandemiya vaqtida va undan keyin bir necha bor jamoa a’zolarining maoshlarini qisqartirgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning turli hududlarida elektr ta’minotida cheklovlar kiritiladi
Dunyo
“Daryo” kundaligida 5-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Madaniyat
“Ikki o‘g‘lim AQShda tahsil oladi, ularning san’at yo‘lidan ketishini istamadim”. Anvar Sanayev farzandlari haqida (video)