Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.

Muqaddas Sa’dullayeva kuzatuvchilarini har narsadan go‘zallik ko‘ra olishga chaqirdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

O’zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov muxlislardan san’atkorlarning fe’l-atvoridan qat’i nazar ularning san’atiga muxlis bo‘lishni so‘ramoqda.

Shahzoda Muhammedova kuzatuvchilarining Maldiv orollari haqidagi savollariga javob berdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

“Buxanka” nonining narxi oshirilishi Instagram’da turli qiziqarli vaynlar yaratilishiga turtki bo‘ldi. Feruza Normatova ushbu nonning eng zo‘r “aksessuar”ga aylangani haqida video tayyorladi.

Bloger Dili.me esa “buxanka narxi” oshganidan so‘ng hurmat qila boshlangan non sotuvchisi obrazini gavdalantirdi.

Burak O‘zchivit rafiqasi, aktrisa Fahriye Evjenni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Yulduz Usmonova hamda Munisa Rizayeva qanday boyigani haqida gapirdi. “Men ularga oson tutmayman. 10 ta to‘yga borib, 5 mingta odamning qosh-qovog‘iga qarab ashula aytish osonmi?”, — deydi hokim.

“Mendirman Jaloliddin” serialida mo‘gullar obrazini yarayotgan o‘zbekistonlik aktyorlar bitta suratda.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Xonanda Lola farzandlari bilan Toshkentga qaytdi hamda Vatanni naqadar sog‘inganini ma’lum qildi.

Turkiyalik aktrisa Maryam Uzerli folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Hulkar Abdullayevaning yo‘l-transport hodisasiga uchragani haqida gap-so‘zlar tarqaldi. Xonanda ushbu ma’lumotning asossiz ekanligini bildirdi.

Aktrisa Rayhon Asadova o‘ziga tegishli brend fotosessiyasida ishtirok etdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Ijtimoiy tarmoqlarda formadagi IIB xodimi Elyorbek Beliboyevning “Yalala bobo” qo‘shig‘ini kuylayotgani aks etgan video tarqaldi.

Sitora Farmonova ham kuzatuvchilariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

3-iyun kuni yosh aktrisa Zarina Yo‘ldosheva tug‘ilgan kunini nishonladi. Uni tabriklash uchun dugonalari yarim tunda uyiga tashrif buyurib, Zarinaning yuziga tort ishqalashdi. Ushbu holat aks etgan video Instagram’da salbiy izohlarga sabab bo‘ldi. Kuzatuvchilar aktrisalar Xonzoda hamda Zarinani tortni isrof qilganlikda ayblamoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Janubiy Koreya mamlakatda ishlash niyatidagi o‘zbekistonliklar uchun kvotalar sonini oshiradi
Dunyo
“Hind Chernobili” — Pxobaldagi texnogen halokat, Eron oliy rahbariga aylangan Homanaiy va Sovuq urushga yakun yasagan Yelsin—Bush. Kun xronologiyasida 3-dekabr
Sport
Braziliya Janubiy Koreyaga qarshi, Portugaliya esa Shveysariya bilan bahs olib boradi. JCH—2022 nimchorak finalning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi