Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

IT Park O‘zbekistonga yashash va ishlash uchun ko‘chib kelgan Exadel kompaniyasining yetakchi dasturchisi Marat Bayburin haqida hikoyani taqdim etdi.

Foto: IT Park

Foto: IT Park

Exadel 20 yildan ortiq tajribaga ega xalqaro IT kompaniyadir. Kompaniya konsalting va strategiyani shakllantirishdan tortib ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlashgacha bo‘lgan to‘liq xizmatlarni taqdim etadi.

Marat Bayburin IT sohasida 20 yildan ortiq faoliyat yuritib keladi. U 2020-yilda Exadel’ga jamoa rahbari sifatida qo‘shilgan.

Hozirda Maratning yuqori malakali yetakchi dasturchi sifatida bir qator vazifalari mavjud.Ular loyihani ishlab chiqishning birinchi bosqichidan to sinov va texnik yordamning yakuniy bosqichlarigacha muvofiqlashtirishni o‘z ichiga oladi.

Marat Rossiyada vakolatxonasiga ega xalqaro kompaniya bilan hamkorlik qilgan. Moskvada ofis o‘z faoliyatini to‘xtatganidan so‘ng unga boshqa mamlakatlardagi ofislarda ishlashni taklif qilishgan.

Menda Polsha, Vengriya, Gruziya, Armaniston va O‘zbekiston kabi variantlar bor edi. Yevropa mamlakatlarida hozirda ba’zi viza to‘siqlari mavjud, Gruziya va Armanistonda esa relokantlar oqimi haddan tashqari yuqori. O‘zbekiston eng to‘g‘ri yo‘nalish bo‘lib ko‘rindi, – deydi u.
Shuningdek, u O‘zbekistonda hujjatlar, uy-joy topish bilan bog‘liq jiddiy muammolar duch kelmaganini ta’kidlaydi.

U uy topish va ijaraga olish, ro‘yxatga turish hamda soliq hujjatlarini rasmiylashtirishda yordam berish uchun riyeltor yollagan. Barcha qog‘ozbozlik ishlari bir necha soatda hal etilgan.

Shu tariqa u ofisi yaqinida, rivojlangan infratuzilmaga ega zamonaviy hududdan uy olgan.

Men haydash madaniyati nisbatan past ekanligini payqadim, yo‘llar tartibsiz, tirbandlik yuqori, — deydi u mamlakat yo‘l-harakati haqida.
Marat mahalliy aholi haqida ijobiy fikrda ekanligini ta’kidlaydi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonliklar juda mehribon, ochiqko‘ngil va bag‘rikeng. Sharqona kamtarlik har jabhada seziladi.
Banklar ishidagi, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sustligini aytmaganda, hech qanday jiddiy muammo yoki qiyinchilikka duch kelganim yo‘q, — deydi u duch kelgan qiyinchiliklari haqida.
Marat O‘zbekiston qoloq infratuzilmaga egaligi, unda shahar transporti yo‘qligi ko‘plab stereotip fikrlarni eshitganligini ta’kidlaydi. Unga ko‘ra, ayrimlar hatto Toshkentda metro borligiga va uning zamonaviy shahar ekanligiga shubha qilishadi.

Lekin u ilgari Toshkentda bo‘lgan, shuning uchun qayerga ketayotganini yaxshi bilgan.

Qiziqarlisi, bozorda va taksilarda qat’iy belgilangan narxlar yo‘q. U faqat sotuvchining kayfiyati hamda sizning savdolashish istagingiz bilan bog‘liq, — deydi u duch kelgan qiziq voqealari haqida.
U hamma narsadan mamnun, bu yerda yashash va ishlash unga yoqishini, shuningdek, do‘stlariga ham bu yerni tavsiya qilishini bildirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?