Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 37-turida “Roma” 14-may, shanba kuni “Venetsiya” bilan bahs yuritdi.

Foto: Getty Images

Rimda kechgan bahsda tezkor gol kuzatildi. 1-daqiqada David Okereke “Venetsiya” hisobni ochdi. O‘yinning katta qismida shu hisob saqlanib turdi. Faqatgina 75-daqiqaga kelib, zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Eldor Shomurodov kuchli zarbasi bilan darvozasini ishg‘ol qildi va “Roma”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Qayd etish kerak, mehmonlar 32-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo‘lib qoldi. Sofyan Kyuin qizil kartochka olib, maydonni sheriklaridan avval tark etdi.

Ushbu durangdan keyin Joze Mourinyo shogirdlari ochkolari sonini 60 taga yetkazib oldi, jamoa 6-o‘rinda bormoqda. “Venetsiya” (26) esa so‘nggi, 20-pog‘onani band qilgan.

A Seriya

37-tur bahsi

“Roma” – “Venetsiya” 1:1

Gollar: 0:1 – 1 Okereke, 1:1 – 76 Shomurodov.

“Roma”: Ruy Patrisiu, Smolling, Kumbula (ash-Shaaravi, 46), Rojer, Spinassola (Zalevski, 46), Meytlend-Naylz (Karsdorp, 46), Veretu (Shomurodov, 60), Kristante, Pellegrini, Abraham, Karles Peres (Volpato, 83).

“Venetsiya”: Myayenpyaa, Mateyu (Svoboda, 65), Kaldara, Chekkaroni, Ampadu, Haps, Vakka (Fyordilino, 28), Chrnigoy (Ebuexi, 80), Kiyin, Aramu (Peres, 65), Okereke (Yunsen, 80).

Ogohlantirishlar: Kiyin (18), Vakka (26), Spinassola (39), Okereke (61), Pellegrini (68), Ampadu (78), Peres (87).

Chetlatish: Kiyin (32).

“Empoli” – “Salernitana” 1:1

Gollar: 1:0 – 31 Kutrone, 1:1 – 76 Bonassoli.

“Udineze” – “Spetsiya” 2:3

Gollar: 1:0 – 26 Molina, 1:1 – 35 Verde, 1:2 – 45 Djasi, 1:3 – 47 Madjore, 2:3 – 90 Mari.

“Verona” – “Torino” 0:1

Gol: 0:1 – 19 Brekalo.