2022-yilning aprel oyida sartaroshxona xizmatlari narxlari mart oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha 2,6 foizga qimmatlashgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, sartaroshxona xizmatlari narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 7,5 foizga oshgani kuzatilgan.

2022-yilning aprel oyida o‘tgan oyga nisbatan:

  • ayollar uchun sartaroshxona xizmatlari narxlari — o‘rtacha 2,7 foizga oshgan;
  • erkaklar uchun sartaroshxona xizmatlari narxlari — o‘rtacha 2,3 foizga oshgan.

Shuningdek, kosmetolog xizmatlari o‘rtacha 2,2 foizga oshgani kuzatilgan.

Avvalroq O‘zbekistonga asosan qaysi davlatlardan odamlar ko‘chib kelayotgani, chet elliklar oqimi tufayli Toshkentda uy ijara narxlari 15 foizga oshgani to‘g‘risida xabar berilgandi.