Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Rossiyaliklar o‘rtasida O‘zbekistonga ko‘chib o‘tishga bo‘lgan qiziqish o‘sib bormoqda. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

So‘nggi bir yarim oy ichida mamlakatga kamida 5 000 kishi tashrif buyurgan. Bu darhol Toshkentdagi ijara narxlariga ta’sir qildi.

Riyeltorlarning ma’lumotlariga ko‘ra, faqat 2022-yilning fevral oyi oxiri–mart oyi o‘rtalarida Toshkentda ijara narxlari o‘rtacha 15 foizga oshgan.

Misol tariqasida Toshkentning eng arzon tumanlari – Sirg‘ali, Olmazor va Yunusobod olinadigan bo‘lsa, bu yerda 1 xonalik uy ijarasi oyiga 3 mln so‘m edi, hozir esa 3,39 mln so‘mni tashkil etmoqda.

Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida ijara narxi — 5,65 dan 11,3 mln so‘mgacha. Bu 24-fevralgacha bo‘lgan narxlardan qariyb 17 foizga ko‘proqdir.

2022-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, butun mamlakat bo‘yicha uy-joy ijarasi o‘rtacha 0,9 foizga oshdi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki barobar ko‘pdir.

Shuningdek, Toshkentdan tashqari, Jizzax, Namangan va Xorazm viloyatlarida ham ijara narxlari oshgan.

Riyeltorlarning so‘zlariga ko‘ra, ijara bozorida hozircha taklif yetishmovchiligi yo‘q. Ammo agar rossiyaliklar oqimi davom etsa, unda narxlar, albatta, ko‘tariladi va yetkazib berish hajmi sezilarli darajada kamayadi.

Rossiyaliklar kelgani sabab O‘zbekistondan tashqari boshqa davlatlarda ham ijara narxlari oshgan. Masalan, Turkiyada uy ijarasi 2022-yil fevral oyi oxiriga nisbatan uch-to‘rt barobar qimmatlashgan bo‘lsa, Gruziyada bu qiymat 1,5 barobarni tashkil qilmoqda.

Avvalroq fevral oyi oxiridan boshlab Ukrainaga qarshi urushni qo‘llab-quvvatlamaydigan yuz minglab rossiyaliklar boshqa davlatlarga, jumladan, O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi
Mahalliy
Rossiyada O‘zbekiston fuqarosining pasporti ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgani aniqlandi