Farg‘ona vodiysida noqulay ob-havo sharoiti yuzaga kelgani sababli hamda yo‘lovchilarga harakatlanish uchun qulaylik yaratish maqsadida faqat 5-may kuni Uzbekistan Airways AJ Farg‘ona va Namanganga qo‘shimcha qatnovlarni amalga oshiradi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qo‘shimcha aviaqatnovlar quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi (mahalliy vaqt bilan):
HY-085/086 Toshkent—Farg‘ona—Toshkent yo‘nalishi:
- Toshkentdan jo‘nab ketish — soat 15:00;
- Farg‘onaga yetib borish — soat 16:00;
- Farg‘onadan jo‘nab ketish — soat 17:00;
- Toshkentga yetib borish — soat 18:00.
- Toshkentdan jo‘nab ketish — soat 19:00
- Namanganga yetib borish — soat 20:00
- Namangandan jo‘nab ketish — soat 21:00
- Toshkentga yetib borish — soat 22:00
Avvalroq kuchli yog‘ingarchiliklar tufayli Qamchiq dovoni vaqtincha yopilgani, keyinroq esa dovon yo‘li qayta ochilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida 5-may kuni Toshkent—Andijon—Toshkent yo‘nalishidagi poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtatilgan.